Assalomu alaykum doʻstim (oʻzimga hech salom bermagan ekanman shu paytgacha ^^). Ishlar joyidami, tuzukmisan oʻzing? Men Abduqahhor, oʻtmishdagi sen. Umid qilamanki, faqat jismoniy tomondan birmiz, deb. Maʼnaviy, aqliy, ruhiy jihatdan mendan yaxshiroq boʻlishingni xohlardim. Bilasanmi, hozir 19 yoshdamiz. Hali umringda 1 million soʻm ham pul topmagan paytlaring. Andijondaman, senga maktub joʻnatayotgan paytda Eldar Asanovning "Jurnalistika maktabi" tanlovi natijalarini kutib yashayapman. 3 kun qoldi. Agar tanlovdan oʻtsam, ketaman Toshkentga. Hayotim bir muncha yaxshilanadi deb oʻylayapman. Karyeramni boshlayman, soham boʻyicha bilimlar olaman, doʻstlar orttiraman, balki sevgan qizim ham boʻlar. Hozircha Durdona Shavkatova degan qizni juda yaxshi koʻrib yuribman. Qaniydi u qiz meniki boʻlsa) Foziljon bilan ham hali koʻrishmadik, balki u mening eng yaqin doʻstimga aylanar. Bilmadim hozir senda qanaqa. Balki umuman otnosheniya yoʻqdur u bilan. Balki umuman boshqa yoʻldan ketgandirsan, omadsizlikka uchragandirsan-a? Bilasanmi, yigʻlashni boshladim. Sen bilan men notoʻgʻri oilada tugʻildik, doʻstim. Bizni tushunishmayapti bu odamlar. Bizning hozir yaqin insonimiz yoʻq. Mehr berishmayapti, ota-onamiz ham hatto. Bizning ham baxtli boʻlishga haqimiz bormi? Men sen uchun harakat qilyapman. Sen baxtli boʻlishing kerak. Eng zoʻr jurnalist boʻlib ketsang-a?) Voh-voh-voh... Mayli, omadsiz doʻstim. Hudoga sen uchun duo qilyapman. Umid qilamanki, senda hammasi yaxshi. Omon boʻl, koʻrishguncha!
"смог ли ты сдать егэ?
отучился ли ты в Польше ..." из 2021 29 мая
О чем вы мечтаете? Каким вы видите себя через год, два... десять лет? Опишите свою жизнь сейчас. Напишите, к чему стремитесь, перечислите свои планы на будущее. Фантазируйте!
Вы можете заказать (помимо email) доставку почтой настоящего бумажного письма. Письмо придёт в аккуратном почтовом конверте через год, пять или десятки лет, когда Вы о нём уже забудете.
Сделайте приятный сюрприз сами себе или своим друзьям!