Salom, Elbek
Bu xat senga kelganinda oilang tashvishi, kundalik ishlar bilan band bo'lasan, lekin bu gaplarni 2022-yil 29-avgustda Amerikada Clark University ning kutubxonasida 4 chi etajida Muhabbat bilan o'tirib yozganing esingdan ham chiqib ketgan bo'lishi tabiiy. Amerikaga kelganingda sen ko'p qiyinchiliklarni boshdan o'tkazding lekin o'zinga ishonch va Allohga tavakal har doim birinchi o'rinda bo'lsin. Ko'zlaringdan yosh chiqib kechalarini yig'laganlaring, yolg'izlikdan ezilganlaring, uyga O'zbekistonga qaytishni xoxlashlaring hammasi seni dunyoda kuchli qiladi va yaxshi insonlar bilan uchrashtiradi. O'zing ham bilarding "Musofir bo'masdan musulmon bo'lmaydi". Ota-ona, do'stlar va qarindosh-urug'lar qadrini uzog'dan turib qadirli bo'lsihni his qilgansan. Seni ayni paytda ko'pchilik taniydi, qandaqadur katta natijalarga erishgasan, lekin qigan ishlaringni birovga minnat qilma, osmonga ham ko'tarilib ketma, insoniy fazilatlaringni o'stir, odamlarga yaxshilik qilgin, chunki hammaga ham omad va imkoniyatlar ko'p berilmasligi mumkin. Vattani sevishni Amerikada his qilgansan hech qachon vataning haqida yomon gapirmagin, Vatanni sevmoq - iymondandur. Sen o'zingni pulinga mashina, uy olishni xoxlagansan, hamma narsani vaqt soati borligini esingda tut. To'g'ri seni ko'p odamlar yo'ldan uradi, ichkilik, qizlar boshqa millat vakillari sen musulmon va o'zbekligingni esdan chiqarma. Alloh seni qalbingda bo'lsin.
Hozir senda shu narsalar bo'lishi mumkin:
1. Mashina,
2. Uy,
3. Go'zal Oila,
4. Yaxshi ish,
5. Ko'plab do'stlar,
6. Pul,
7. Amalga oshgan orzular.
Unitma hamma narsa o'tib ketadi vaqtida qadriga yet!!!
Omad hech qachon tark etmasin.
Seni yoshliging.
О чем вы мечтаете? Каким вы видите себя через год, два... десять лет? Опишите свою жизнь сейчас. Напишите, к чему стремитесь, перечислите свои планы на будущее. Фантазируйте!
Вы можете заказать (помимо email) доставку почтой настоящего бумажного письма. Письмо придёт в аккуратном почтовом конверте через год, пять или десятки лет, когда Вы о нём уже забудете.
Сделайте приятный сюрприз сами себе или своим друзьям!